
Birinchi davraning so'nggi uchrashuvida turnir jadvali peshqadami “Kosonsoy”ni qabul qilib, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda urilgan gol evaziga g'alaba qozonib, tanaffusga birinchi o'rin bilan chiqib ketgan jamoamiz kechadan ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
“Kosonsoy” bilan bo'lgan bellashuvdan so'ng jamoa a'zolari ikki kunlik tatilga chiqqandi. Kecha tushdan so'ng futbolchilar “Oq-tepa” o'quv-mashg'ulot bazasida jam bo'lishdi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz 26 may kuni ikkinchi davraning birinchi uchrashuvida “Kosonsoy” mehmoni bo'ladi.