Oliy liga. "Dinamo" 10ta o'yindan so'ng nihoyat gol urib g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2017, 17:25
Samarqandning "Dinamo" klubi oliy liga doirasida oxirgi 10ta o'yinda umuman gol ura olmagandi.

"Olmaliq"qa qarshi o'yinda Iskandar Xolmirzaevning urgan goli "Dinamo"ga uzoq kutilgan g'alabani keltirdi - 1:0. Aytgancha mehmonlar uchrashuvni 10 kishi bo'lib tugatishdi. Vusal Magerramov ikkinchi bo'limda qizil kartochka oldi.


“Dinamo” (Samarqand) – “Olmaliq” (Olmaliq) 1:0
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B. Haydarov

Gol: Iskandar Xolmirzaev 67, - 1:0.

"Dinamo": Mixail Naumov, Akmal Bozorov (Abdumalik Abdullaev, 64), Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov (Hakimxon Alamxonov, 90), Radu Rogak, Shoxruxbek Holmatov, Aleksey Nikolaev, Iskandar Xolmirzaev, Saidjalol Davlatjonov (Orif Mamajonov, 58), Adnan Oraxovac, Doniyor Ismoilov.
Zaxira: Rustam Toshturdiev, Bunyod Isroilov, Komil Sharofiddinov, Jasur Qurbonov.

"Olmaliq": Roman Abdulov, Dilshod Jo'raev, Vusal Magerramov, Lutfulla To'raev, Kamoliddin Murzoev, Zafar Polvonov (Viktor Klishin, 75), Rahmatillo Berdimurodov, Sanjar Rihsiobev, Igor Yelich, Vladislav Kosminin, Xurshid Muxtorov (Farxat Musabekov, 80).
Zaxira: Nizomiddin Ziyovutdinov, G'ulom-Haydar G'ulomov, Mirjalol Miryusupov, Dadxon Yusupov, Azizbek Suyunov.

Chetlatish: Vusal Magerramov 66


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia