Oliy liga. "Bunyodkor"ning "quruq" seriyasiga "Olmaliq" barham berdi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2016, 08:55
Kecha oliy liganing 5-turida "Bunyodkor" klubi o'z uyida "Olmaliq"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi.

O'yinning 30-daqiqasida Farhod Tojiev mezbonlar darvozasiga penaltidan gol urdi. Shunday qilib jamoaning oliy ligadagi "quruq" seriyasi barham topdi. "Qaldirg'ochlar" so'nggi bor 2015 yilning 29-turida aynan "Olmaliq"qa qarshi o'yinda gol o'tkazib yuborishgandi. O'tgan yil oxirgi turda "Qo'qon-1912" 5:0 hisobida taslim qilingandi.

Bu yil dastlabki turda "Neftchi" 2:0 hisobida mag'lub etilgandi. So'ngra "So'g'diyona" mehmoni bo'lib g'alaba qozongandi - 1:0. Uchinchi turda "Mashal" bilan 0:0 hisobida durang o'ynalgan edi. 4-turda "Sho'rtan" taslim qilingandi - 1:0.

Shu tariqa, "Bunyodkor"ning "quruq" seriyasi 511 daqiqa davom etdi.

Ma'lumot uchun, bu mavsumda gol o'tkazmagan bitta jamoa qoldi. "Buxoro" dastlabki 4 turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Ushbu jamoa 5-turni bugun o'z uyida "Andijon"na qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia