

"Umuman olganda bu juda shaxsiy qaror edi. Klubdan ketishga yaqin bo'lganim xaqiqat, chunki aytganimdek o'ynashni xohlayman. Meni qo'llab-quvvatlagan oilam va yaqin do'stlarim bilan uzoq o'ylanishlardan so'ng "Arsenal"dagi tarixim tugamaganligini anglagan holda shu yerda qolishni xohladim. Klub menga ko'p narsa beryapti va bu uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Avvalo, musobaqalashishni va klub uchun bundan ko'proq sovrinlar yutishni istayman, shuning uchun murabbiyga tariximizga nuqta qo'yish uchun hali erta ekanligini aytdim va bundan har birimiz qoniqdik", - deb yozadi Jiruning so'zlarini "Evening Standard".




