Olive Jiru: “Endigi maqsadim –Platinini quvib o'tish”

24 mar 2019, 09:50
Terma jamoa safida gol urish borasida David Trezegega yetib olgan Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiruning aytishicha, keyingi maqsadi Mishel Platining natijasini takrorlash.

“Gollarimni jamoam manfaatidan hech qachon ustun qo'ymayman, ammo gol urish baribir yoqimli holat.

Trezegeni quvib o'tishim quvonarli. Uning saviyali hujumchi ekanligini barcha biladi. O'z vaqtida to'purarlik qobiliyatini namoyish etgan. Men yanada ko'proq gol urishimga ishonaman va shunga harakat qilaman. Endigi maqsadim Platiniga yetib olishmi? Ha, bu oldimda turgan navbatdagi maqsad”, deydi Jiru.

Fransiya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Jiru uchinchi o'rinni Trezege (34 gol) bilan bo'lishib turibdi. Ro'yxatni 51 gol bilan Terri Anri boshqarayotgan bo'lsa, Mishel Platini 41 gol bilan ikkinchi pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Yahoo! Sports