Oliy liga-2014 yakunlari. Oliy ligada qolishga erishgan "So'g'diyona" haqida

Narzulla Saydullayev
22 noya 2014, 15:09
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon” va "Lokomotiv" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 13-o'rinni olgan "So'g'diyona" klubiga yetib keldi.

Jizzax klubi keyingi yil aslida "Andijon" bilan birga birinchi ligada ishtirok etishi kerak edi. Biroq PFL oliy ligadagi jamoalar sonini 16taga oshirishga qaror qilgach "So'g'diyona" elitada qoldi.

Jamoa tarkibida bu mavsum jami 23 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan ikki nafari legionerlar. Jamoa safida Aleksandr Melenchuk va Sardor Eminov eng ko'p o'yin o'tkazishdi – 26tadan. Yarim himoyachi Suhrob Berdiev 5ta gol bilan klub to'purari bo'ldi.



Rustam A'zamov va Elyor Oripov 5 martadan sariq kartochka olishdi. Oripov mavsum davomida ikki bor maydondan chetlatildi. Suhrob Berdiev ham bir bor qizil kartochka bilan siylangan.

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
Melenchuk AleksandrDar3/20/1979262340000
Eminov SardorYahm1/28/1987262261400
Berdiev SuhrobYahm4/12/1990242160531
No'monov AyubxonHuj7/22/1991242111330
A'zamov Rustam M.Him7/8/1992231947050
Mageramov VusolHim8/20/1990201532040
Mamajonov OrifHim2/5/1990201503210
Oripov ElyorHim9/19/1992191449052
Hakimov JasurHuj5/24/199419973410
Begimqulov AsilHim8/19/1991181321020
Qobilov SuhrobYahm2/24/1984181234220
Komilov IlhomHim3/10/1988171399110
Qosimov BoburHuj12/11/199315562010
Abdurahmonov AkmalHuj6/6/198715361000
Hamidov Sobir**Yahm9/29/1986131133220
Hayitov RasulYahm3/29/198413854030
Koblash Oleksandr**Huj9/5/198912899420
Rashidov SanjarYahm7/14/19939359100
Qurbonov IlyosHuj3/17/19799242300
Quttiboev Salamat**Yahm5/21/19868720020
Qaxxorov SardorYahm2/15/19917145000
Karimjonov BotirjonHuj6/6/19904103000
Ibragimov NodirHuj7/19/1993455000


* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan

** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"So'g'diyona" bu yil raqiblar darvozasiga 32ta gol urdi, bir marta raqiblar ustidan irodali g'alabaga erishdi. 8ta uchrashuvda jamoa to'p kirita olmadi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar

26

Gollar

32

Uydagi gollar

17 (53.12%)

Mehmondagi gollar

15 (46.88%)

O'tkazilgan gollar

49

Uyda o'tkazilgan gollar

20 (40.82%)

Mehmonda o'tkazilgan gollar

29 (59.18%)

O'rtacha gol

1.23

O'rtacha o'tkazilgan gol

1.88

Uydagi ochkolar

17/39 (43.59 %)

Mehmondagi ochkolar

7/39 (17.95 %)

Eng yirik g'alaba

2:0 - "Neftchi"

Eng yirik mag'lubiyat

2:4 - "Olmaliq", "Navbahor", "Metallurg"

"Quruq" o'yinlar

5 (19.23%)

Gol ura olmagan o'yinlar

8 (30.77%)

Irodagi g'alaba

1

Yirik g'alabalar

0

Yirik mag'lubiyatlar

0

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

1/0

Ogohlantirishlar (o'rtacha)

37 (1.42)

Chetlatishlar (o'rtacha)

3 (0.12)

Maydonga tushganlar (legioner)

23 (2)

Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)

96400 / 3708




Jizzaxliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 25,6 ni tashkil etdi. Maydonga tushgan, gol urgan va sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi Jasur Hakimov bo'ldi (19 yosh).

Moldaviyalik posbon Aleksandr Melenchuk maydonga tushgan, Ilyos Qurbonov esa gol urgan eng faxriy futbolchi sifatida qayd etildi. 21 yoshida qizil kartochka olgan Elyor Oripov jamoada maydondan chetlatilgan eng yosh futbolchi bo'ldi

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

19,355Hakimov Jasur

Eng keksa gol urgan

35,199Qurbonov Ilyos

Eng yosh maydonga tushgan

19,295Hakimov Jasur

Eng keksa maydonga tushgan

35,232Melenchuk Aleksandr

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,362Hakimov Jasur

Eng keksa sariq kartochka olgan

30,138Hayitov Rasul

Eng yosh qizil kartochka olgan

21,190Oripov Elyor

Eng keksa qizil kartochka olgan

24,209Berdiev Suhrob

Saytimiz xodimlari tomonidan katta Suhrob Berdiev “So'g'diyona”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ertaga "Nasaf" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia