Oliy liga-2014 yakunlari. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan "Metallurg" haqida

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014, 19:00
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", "Buxoro", "Bunyodkor", "Qizilqum", "Mashal", "Dinamo" va "Olmaliq" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 9-o'rinni olgan "Metallurg" klubiga yetib keldi.
 
Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi jamoa bu yil 25 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Hikmat Hoshimov va Murodjon Toshmatov barcha 26tadan o'yinda maydonga tushib eng ko'p o'ynagan futbolchilarga aylanishdi. 8tadan gol urgan Sunnatilla Mamadaliev hamda Shahzodbek Nurmatov jamoa to'purari bo'lishdi.



Dilmurod Karimov 7 marta sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Metallurg"ning uch nafar futbolchisi qizil kartochka oldi: Dilmurod Karimov, Davron Karimqulov va Doniyor Odilov.  

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.



* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan

"Metallurg" bu yil jami 44ta gol urdi va 54ta gol o'tkazib yubordi. Gol o'tkazish borasida jamoa 2014 yilda "birinchi" bo'ldi. 4ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. 6ta uchrashuvda bekobodliklarning o'zlari to'p kirita olishmadi. "Metallurg" "Olmaliq" va "Andijon" kabi bu mavsum safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmadi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar44
Uydagi gollar29 (65.91%)
Mehmondagi gollar15 (34.09%)
O'tkazilgan gollar54
Uyda o'tkazilgan gollar22 (40.74%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar32 (59.26%)
O'rtacha gol1.69
O'rtacha o'tkazilgan gol 2.08
Uydagi ochkolar25/39 (64.1 %)
Mehmondagi ochkolar3/39 (7.69 %)
Eng yirik g'alaba3:0 - "Dinamo"
Eng yirik mag'lubiyat1:5 - "Lokomotiv"
"Quruq" o'yinlar4 (15.38%)
Gol ura olmagan o'yinlar6 (23.08%)
Irodagi g'alaba1
Yirik g'alabalar1
Yirik mag'lubiyatlar1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)33 (1.27)
Chetlatishlar (o'rtacha) 3 (0.12)
Maydonga tushganlar (legioner)25 (0)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)79809 / 3070


Bekobodliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26,3ni tashkil etdi. Sunnat Ermatov maydonga tushgan, gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Hikmat Hoshimov maydonga tushgan, gol urgan hamda sariq kartochka olgan eng keksa futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

19,101Ermatov Sunnat

Eng keksa gol urgan

34,347Hoshimov Hikmat

Eng yosh maydonga tushgan

19,101Ermatov Sunnat

Eng keksa maydonga tushgan

34,360Hoshimov Hikmat

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,254Norbekov Shoxnazar

Eng keksa sariq kartochka olgan

34,347Hoshimov Hikmat

Eng yosh qizil kartochka olgan

25,60Karimov Dilmurod

Eng keksa qizil kartochka olgan

33,225Karimqulov Davron



Saytimiz xodimlari tomonidan Shahzodbek Nurmatovni "Metallurg”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sardor Rasulovni esa yil kashfiyoti deb topdik.

Ertaga "Navbahor" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia