Oliy liga-2013 yakunlari. Maydonga tushgan eng yosh 10ta futbolchi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 09:47
2013 yilgi mavsum ortda qoldi. Saytimiz orqali turli statistik ma'lumotlarni berishda davom etamiz.
Bu safar yakuniga etgan mavsumda maydonga tushgan eng yosh 10 nafar futbolchi bilan tanishtirishga qaror qildik. 2013 yilgi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida “Nasaf” klubi himoyachisi Odiljon Hamrobekov qayd etildi. Keyinchalik O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida BAAdagi mundialga borgan himoyachi 17 yosh 31 kunligida oliy ligada debyut qildi. 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar orasidan yagona vakil bo'lgan Hamrobekov mavsum davomida 8ta o'yinda maydonga tushib 423 daqiqa harakat qilganini ham takidlash lozim.

Quyida maydonga tushishga erishgan eng yosh 10 nafar futbolchilar bilan tanishib oling:

Futbolchi

Jamoa

Amp

T.sana

O'

D

G

SK

QK

Hamrobekov Odiljon

“Nasaf”

Him

2/13/1996

8

423

0

1

0

Rashidxonov Akbarsho

“Navbahor”

Yahm

7/16/1995

3

74

0

1

0

Rogovanov Igor

“Paxtakor”

Huj

7/4/1995

3

21

0

0

0

Abdusalimov Firdavs

“Dinamo”

Him

4/24/1995

12

536

0

3

0

Sohibov Javohir

“Paxtakor”

Him

3/1/1995

2

55

0

0

0

Sanoqulov Nodir

“Dinamo”

Him

12/1/1994

11

733

0

2

0

Sobirxo'jaev Sardorbek

“Bunyodkor”

Yahm

11/6/1994

1

7

0

0

0

Adamyan Georgiy

“Dinamo”

Yahm

9/23/1994

1

5

0

0

0

Norbekov Shoxazar

“Metallurg”

Huj

7/18/1994

9

307

0

3

0

Ubaydullaev Muhsin

“Paxtakor”

Yahm

7/15/1994

1

28

0

0

0

 

Biroz o'tib 2013 yilgi mavsumda maydonga tushgan eng faxriy futbolchilarning TOP-10 bilan tanishasiz.

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia