

Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubini chorak final bosqichida kurashdan chiqarib yuborgan BAAning “Al Ayn” jamoasi Qatarning “Al Jayish”ini qabul qildi.
Uchrashuvda hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi klubining yagona goliga mualliflik qildi. Sardor 52-daqiqada belgilangan penaltini golga aylantirdi.
Maydon egalaridan esa 16-daqiqada Duglas, 21-daqiqada Umar Abdulrahmon, 90+1-daqiqada Kayo kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Javob uchrashuvi Doha shahrida bo'lib o'tadi.
"Al Ayn" - "Al Jayish" 3:1
Gollar: Duglas 16, Umar Abdulrahmon 21, Kayo 90+1 - Sardor Rashidov 52 penalti



