Sardor Rashidov: "Menga "Kevo" rasmiy taklif bilan chiqdi, ammo..."

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2017, 15:20
Bir necha daqiqa oldin “Al Jayish” klubi futbolchisi, o'zbekistonlik Sardor Rashidovga “Qatar SK” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berib o'tgan edik.

Rashidovning o'zi bu xabar yolg'on ekanini ma'lum qildi. Futbolchining takidlashicha unga BAAning “Al Ayn”, “Al Ahli”, “Al Vasl”, “Al Vihdat” va Qatarning “Al Garafa” jamoalaridan qiziqish bo'lmoqda. 

Shuningdek Sardor Rashidov transferi masalasida Italiyaning “Kevo” klubi rasmiy taklif bilan chiqqan, ammo Italiya klubiga “Al Jayish” so'ragan mablag' ko'plik qilgan va transfer amalga oshmay qolgan. Ayni damda Sardor Rashidov qaysi jamoaga ko'chib o'tishi noma'lum.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia