Sardor Rashidov katta futbolga qaytdi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sardor Rashidov futbolga qaytdi.

Rashidov BAAning "Dubay Siti" klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzdi. Futbolchi o'tgan yil "Navbahor" safida 5 oktyabr kungi O'zbekiston kubogi finalida maydonga tushganidan keyin hech qayerda o'ynamay kelayotgandi.

Mazkur klub yangi mavsumda mamlakat birinchi divizionida ishtirok etadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia