Rasman: "Al Jayish" legioneri "Ar Rayyan"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
20 may 2017, 13:51
Qatarning "Al Jayish" klubi "Lahviya" bilan birlashtirib yuborilishidan xabaringiz bor.

Bugun "Al Jayish"ning yulduz legionerlaridan biri bo'lgan Abdulrazzoq Hamdallah klubni tark etgani e'lon qilindi. 2015-2016 yil Qatar Yulduzlar ligasi to'purariga aylangan hujumchi yangi mavsumni "Ar Rayyan" klubida boshlaydi.

"Al Jayish"ni futbolchilar tark etishi rasman boshlandi. Eslatib o'tamiz, ushbu klubda o'zbekistonlik Sardor Rashidov ham o'ynaydi. Hamyurtimiz ham yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi deyarli aniq. Kecha uning fikrlari saytimizda chop etilgan edi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia