Obameyang oilasidagi muammolar tufayli navbatdagi o'yinni ham o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2021, 21:08
Bu haqda Goal xabar bermoqda.

31 yoshli forvard oilasida yuzaga kelgan muammolar sabab, Angliya Kubogi 1/16 bosqichidan o'rin olgan “Sautgempton”ga (0:1) qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.

Shuningdek, Per-Emerik Obameyang bugun chempionat doirasida “Sautgempton”ga qarshi safarda o'tadigan bahsda ham qatnashmaydi. Hozircha Obameyang oilasida qanday muammo yuzga kelgani ma'lum emas, u Gabonga qaytib ketgan.

“To'pchilar”ning yana bir a'zosi Kiran Tirni ham jarohatini tiklashda davom etmoqda va u ham katta ehtimol bilan 20-turni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal