OAV: "Real" "Valensiya" hujumchisi uchun 120 mln evro to'lamoqchi emas

Tolibjon Qosimov
22 avg 2018, 20:52
"Real" klubi "Valensiya" forvardi Rodrigo Morenoga rasmiy taklif bilan chiqmagan.

Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi. Madridliklar o'yinchi uchun talab qilinayotgan 120 million evroni to'lamoqchi emas.

Futbolchining o'zi atrofidagi mish-mishlardan charchagan va tez orada ular yakunlanishiga umid qilmoqda.

27 yoshli ispan joriy mavsumning dastlabki turida bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com