"Atletiko" Ispaniya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi

Alisher
12 avg 2019
"Valensiya" hujumchisi Rodrigo Moreno shu yozda jamoadan kyetishi mumkin.

28 yoshli futbolchi uchun "Atletiko" jiddiy raqobatlashmoqda. "Matraschilar" o'yinchiga "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesni qo'lga kirita olmaganlaridan so'ng e'tibor qaratishmoqda. "Atletiko" yaqin vaqtlarda Rodrigo uchun taklif tayyorlamoqchi. "Valensiya" esa futbolchini 60 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.

Oldinroq, Rodrigoning xizmatlariga "Barselona" va "Napoli" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.

Rodrigo "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Valensiya"ga 2015 yil yozda "Benfika"dan o'tgan edi. Transfer narxi esa 30 million evroni tashkil etgan. 

Forvard yakunlangan mavsum La Ligada 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etgan.

Rodrigo Moreno 2014 yildan beri Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Marca