UZ

Сўнгги янгиликлар

01:55АПЛ грандлари Милан ҳимоячиси учун курашади  0 01:30Дибала елкасидан жароҳат олди ва “МЮ”га қарши ўйнамаслиги мумкин  1 01:05Модрич: “Месси билан ...? Ҳеч қачон ”  3 01:00Olamsport: Хабиб режаларини ошкор қилди, у Мэйвезер билан жангга тайёр ва бошқа хабарлар  0 00:45Налдо “Шальке” билан шартномасини узайтирди  0 00:12“Милан”нинг сўнгги беш йилдаги қарзи 460 миллион еврони ташкил этмоқда  0 23:57Спортчилар ижтимоий тармоқларда  7 23:39“Интер” футболчиси Месси ва Роналдуни таққослади  9 23:23Абидал Вальверденинг келажаги ҳақида гапирди  0 22:56Роберто Мартинес жорий мавсумдаги энг яхши трансфер қайсилигини айтди  4 22:44“Ювентус” спорт директори “Бавария” футболчиси билан келишувга эришмоқчи  3 21:50Де Хеа кетадиганга ўхшамоқда. МЮ унинг ўрнига номзод топди  18 21:34Омадсизликнинг энг олий кўриниши (телеграм видео)  7 21:33"Барселона"нинг асосий трансфер нишони маълум бўлди  1 21:21Карикатура: "Ливерпуль"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди  8

"Ньюкасл" футболчилари телевиденияга бойкот эълон қилишди Янгиликлар

"Ньюкасл" футболчилари телевиденияга бойкот эълон қилишди

"Ньюкасл" футболчилари клуб билан янги мавсум учун бонусларни келиша олмагани туфайли телевиденияга бойкот эълон қилди.

Бир неча кун олдин жамоа базасига Sky Sports ва BT Sport суратга олиш гуруҳлари келиб, таркиблар эълон қилинаётганда фойдаланиладиган қисқа видеолар ёзиб олмоқчи эди. Бироқ футболчилар суратга олиш ишларида қатнашмасликларини эълон қилишди.

"Ньюкасл" футболчилари ўтган мавсум олдидан ҳам худди шундай бойкот эълон қилишган эди. Ўшанда жамоа сардори Жамол Ласселс клуб эгаси Майк Эшли билан учрашганидан сўнг масала ҳал бўлган.

Рейтинг: +11   

Фикрлар

+5   
07 авг 12:11:53
Beckham
Boykot ajoyib narsa. Ayniqsa bitta ham muhlis stadionlarga tyshmay quysa. Chempionatam bir tiyinga qimmat bub qoladi.
+2   
07 авг 11:54:51
Асад
Mana mano admilaram biladi qachon qanaqa xabar tashlashni
+1   
07 авг 12:11:56
Radiant
UFA ga boykot!!! (reglament o'zgarsa)
   
07 авг 16:24:54
Muhammadkarim Sobirov
Ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston professional futbol ligasi direktorining birinchi marta tashkil etilayotgan Superliga taqvimini o'zgartirish niyatida klublarga yuborgan taklifi tarqaldi. Unda yozilishicha, yil boshida ishlab chiqilgan reglament «kelishilgan o'yinlarning vujudga kelishini avj oldirayotgan» ekan. Keling, o'sha klublarga yuborilgan gapning asosiy qismini to'liqligicha o'zgartirishlarsiz keltirib o'tamiz:«Jamoalarning deyarli bari mavsum boshidan kuchli oltilikka intilib keldi, chempionatda belgilangan «oltin ochko» qoidasi qaysidir manoda kelishilgan o'yinlarni vujudga kelishi avj olmoqda, bu esa klublarning kelgusi faoliyatiga ta`sirini ko'rsatishi hamda chempionat saviyasiga ta`sir etishi aniq».Bu yerda matn hech qanday o'zgarishlarsiz ko'chirildi. To'g'ri, men ham xuddi siz kabi, gapni tushunib olish uchun shu qismini ikki-uch marta o'qidim. Mayli bunisi asosiy masala oldida hech narsa emas, shu sababdan xatdagi orfografik, uslubiy, stilistik, grammatik xatolardan ko'z yumamiz. Hozirgi asosiy mavzu boshqa.Xullas siz surat holatida ko'rib turganingiz bu xatda klublarga reglamentni musobaqa tugashiga 2 tur, ha, aynan IKKI tur (!) qolganda o'zgartirish bo'yicha takliflar so'ralgan. Xo'sh, endi savol tug'iladi? Qaysi asosga ko'ra, chempionatning butun boshli formati o'zgartirilyapti? Qani bu yerda sportcha prinsiplar? Tepadagi matnga yana bir ko'z yugurtirib asos izlaymiz: kelishilgan o'yinlar vujudga kelishi avj olayotgan ekan. Iya, zo'r-ku? Qanaqa kelishilgan o'yinlar? PFL yangi mavsumdan boshlab, hamma ishni puxta qilgan, talablar qattiq bo'lgan va kelishilgan o'yinlarga umuman yo'l qo'yilmasligi aytilgandiku? Qaysi o'yin kelishilibdi? Biz ham eshitaylik, bilaylik. Choralari bilan maqtangan tashkilotning bu boradagi ko'rgan choralaridan voqif bo'laylik. Bizga umuman kelishilgan o'yinlar qolmadi, deyishmaganmidi? Bor bo'lsa, o'sha klublar, aloqadorlar jazolansin. Chetlatilsin, jarima to'lasin, reglamentga nima deysan?Bu savolga ham javob yo'q, hozircha, mayli. Ko'z yumamiz. Lekin bu boshqa bir savolni keltirib chiqaryaptida. Bizga noma`lum bo'lgan, qaysi hujjatning qaysi qismida, agar kelishilgan o'yinlar aniqlangan bo'lsa, butunlay chempionat formati o'zgartirilishi belgilab qo'yilgan? Qaysi o'zini hurmat qilgan mamlakat futbol federatsiyasida shunaqasini eshitgansiz? Yoki biz parallel boshqa dunyoda yashayapmizmi? Yo'q, PFL rahbariyati chiqarayotgan har bir qoidasida «osmondan olmayotgani, OFK va FIFA talablari asosida ishlayotgani, hattoki tuzilayotgan shartnomalar ham shu kabi yuqori tashkilot hujjatlaridan andoza olinganini» aytib keladi? FIFA yoki OFK hujjatlarida kelishilgan o'yin aniqlansa, chempionat formatini mavsum tugayotganda tap etib, almashtirish kerak degan joyi bormikan? Qani, ko'rsatishsin, ko'raylik biz ham.Xo'p, PFL aniq oshkor qilmaganidan keyin o'zimiz tahlil qilib ko'ramiz. Chempionatimiz saviyasiga ta`sir qiladigan qanday o'yinlar bo'lishi mumkin, qaysi o'yin kelishilishi mumkin? 21-tur taqvimiga qaraymiz. Amaldagi reglament qoidasiga binoan kuchli oltilikka da`vogar «Qo'qon-1912» chempionlik uchun kurashayotgan «Paxtakor»ni qabul qiladi. Qo'qonliklar kuchli oltilikda qolishi uchun, so'nggi ikki o'yinni ham yutishi kerak. «Paxtakor» esa «oltin ochko» qoidalari sabab, uchinchi davrada yaxshi imkoniyatini saqlab qolishi uchun «Qo'qon»ni yutishi kerak, shart. Dahshatku bu. Haqiqiy intriga, biz kutgan haqiqiy futbol tomoshasi, haqiqiy kurash kechadigan super to'qnashuvku bu, axir. Biz mavsum boshida orzu qilgan o'yinlar shu emasmidi? Chempionatda «janglar»ni ko'paytirish orqali terma jamoamizni ham darajasini ko'tarish emasmidi vazifamiz? Ektor Kuperga nima deymiz? Nimani ko'rsatamiz unga? Uni aldab, aslida o'zimizni aldamayapmizmi?Uzoq davom etadigan chempionatlar so'ngida hech qanday o'ringa da`vogar bo'lmaydigan jamoalarning paydo bo'lishi tabiiy holat. Biz buni o'rtamiyonalar deb atashga o'rganganmiz. Ular quyi ligaga ham tushib ketmaydi, yoki yuqoriga ham ko'tarilmaydi. Nima qilish kerak, butun boshli liganing hamma jamoasi chempionlik uchun kurasha olmaydiku, to'g'rimi? Bunaqasi Angliyada ham bor. O'sha «Vest Hem»dan tortib «Bornmut»gacha shunaqa vaziyatga tushadi. So'nggi turlarda «navbatchi» o'yinlar o'tkazadi. Lekin hech kim ularni kelishilgan o'yinlarda ayblamaydi. Ularga qandaydir talab ham qo'ymaydi. Chunki ular o'z oldiga qo'ygan minimum maqsadni uddalab bo'lgan, nima qila olasiz?Yana bir gap. Eshitishimizga qaraganda, PFL tomonidan yuborilgan xat hamma klublarga ham jo'natilmagan emish. Masalan, chempionlik uchun kurashayotgan «Lokomotiv» vakillari bu borada hech qanday xat olishmagan. Qiziq, reglamentni o'zgartirish bo'yicha go'yoki, hammadan fikr so'rayotgandek bo'lgan PFL nega unda hammani teng ko'rib, fikr so'ramayapti? Yoki bu yerda aslida hech qayerda yozilmayotgan, muxlislar shubha qilayotgan boshqa sabab bormi? Bugungi muxlisni aldab bo'larkanmi?.. Javobi yo'q savollar juda ko'p.Mazkur xat tarmoqlarda tarqalgach, maqolani yozish jarayonida yana bir xabarni ko'rib qoldim. Emishki, «oltin ochko» qolarmush. Faqat boshqacha formatda o'tkazilarmush. Yana bir xabarga ko'ra, chempionat uch davrali qilinarmush. Bu gaplar qanchalik rost bilmadim, lekin PFL bu shov-shuv ko'tarilganidan so'ng «oltin ochkolar» bekor bo'lishigina norozilikka sabab bo'lyapti, degan ma`noda o'zgarishlarni boshqacharoq qilishga qaror qilishgan ko'rinadi. Bunisi hozircha noma`lum. Lekin bir narsa aniqki, eng asosiy e`tiroz bu butun boshli reglamentning, formatning ikki tur qolganda o'zgartirib yuborilishiga nisbatan bo'lmoqda. O'zini hurmat qilgan har qanday muxlis, soliq to'lovchi fuqaro, klub, bunga e`tiroz bildirishga, PFL oldiga konkret savol qo'yishga haqli. O'zi shundoq ham bo'yalaverib, qizarib ketgan taqvimi bor, superliganing butun boshli reglamentini xohlagan paytda o'zgartirib tashlash huquqi esa, o'sha oddiy muxlisdan boshlab barcha to'laydigan soliq evaziga kun ko'radigan hech bir futbol tashkilotiga berilmasligi kerak.PFLning hozirgi harakatlari esa, chetdan qaraganda, sharmandalikdan o'zga narsa emas. Uyat sizlarga
   
07 авг 13:16:59
Akrom
Пахтакор ва ПФЛ га мухлислар байкот елон килдик
   
07 авг 13:16:01
Akrom
ПАХТАКОР ВА ПФЛ ГА МУЗЛИСЛАР БАЙКОТ ЕЛОН КИЛДИК
   
07 авг 12:24:33
Rustam1991
Superligaga boykot e'lon qildim. Rahmat adminlar eslatganiz uchun.
   
07 авг 12:18:37
shovotlandiya
qo'rqoqlar
   
07 авг 12:17:30
shovotlandiya
maning fikrim qani
championat.asia
< сўнгги янгиликларни кўриш

Энг яхшилар

Ўзбекистон кетма-кет иккинчи ўйинда ғалаба қозонди Ўзбекистон кетма-кет иккинчи ўйинда ғалаба қозонди
Ўзбекистон ҳамда Қатар терма жамоалари ўртасидаги ўртоқлик учрашуви...  278
Бугун нима бўлади? Бугун нима бўлади?
Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Қатарга қарши навбатдаги...  74
"Миллий"да ўйнай олмаётган миллий терма жамоа "Миллий"да ўйнай олмаётган миллий терма жамоа
Стадион олдида қабристон, стадион ҳайдовчилар пулига қурилган,...  64
Ўзбекистон - Қатар. Асосий таркиблар эълон қилинди Ўзбекистон - Қатар. Асосий таркиблар эълон қилинди
Бугун, 16 октябрь куни Тошкент вақти билан 19:00да Ўзбекистон ҳамда...  62
������.�������

CA ни Facebook да ўқиш
учун "Yoqdi"ни босинг