
Bir necha kun oldin jamoa bazasiga Sky Sports va BT Sport suratga olish guruhlari kelib, tarkiblar e'lon qilinayotganda foydalaniladigan qisqa videolar yozib olmoqchi edi. Biroq futbolchilar suratga olish ishlarida qatnashmasliklarini e'lon qilishdi.
"Nyukasl" futbolchilari o'tgan mavsum oldidan ham xuddi shunday boykot e'lon qilishgan edi. O'shanda jamoa sardori Jamol Lassels klub egasi Mayk Eshli bilan uchrashganidan so'ng masala hal bo'lgan.