Noyer mart oyida mashg'ulotlarga qaytmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2018
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer mart o'rtasi yoki oxirida mashg'ulotlarni boshlashni maqsad qilgan.

Posbon aprel oxirida futbol uchrashuvlarida ishtirok etishni istamoqda.

31 yoshli darvozabon ayni damda individual programma bo'yicha shug'ullanmoqda. So'nggi kunlarda Noyerni darvozabonlar qo'lqopi bilan trenajyor zalida ko'rishgan.

Nemis futbolchisi o'tgan mavsum chap oyog'ini sindirib olgan edi, sentyabrda esa ushbu shikastlanish qaytalandi va uni operaciya qilishdi.

Oldinroq, darvozabon joriy mavsum oxirigacha safga qaytishga ishonayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild