Niko Uilyams jarohati sabab Ispaniya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2024, 19:02
Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning "Atletik" jamoasi yosh vingeri Niko Uilyams jarohat oldi va "Furiya Roxa"ning bo'lajak uchrashuvlarida qatnashmaydi.

Ispaniya terma jamoasi rasmiy sayti futbolchining bo'lajak o'yinlarda ishtirok etmasligi haqida xabar berdi. Uilyams o'z klubi va tibbiy shtab o'rtasidagi maslahatlashuvlardan so'ng terma jamoani tark etdi. Uning o'rniga "Real Sosedad" futbolchisi Serxio Gomes chaqirildi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Millatlar Ligasi doirasida 12 oktyabr kuni Daniya, 15 oktyabr kuni esa Serbiyaga qarshi o'ynaydi. Yevropaning amaldagi chempioni Millatlar Ligasining dastlabki ikki turida 4 ochko jamg'ardi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: besoccer.com