Neymar: "Messining termaga chaqirilmagani - futbol uchun sharmandalik"

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 17:26
Braziliya termasi hujumchisi Neymar FIFA kunlarida Argentina termasiga Leo Messining chaqirilmagani borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Messini termaga chaqirishmagani - futbol uchun sharmandalik. Messi hali ham o'z kuchida bo'lib turganida undan ko'proq foydalanib, uning o'yinlaridan zavq olish kerak. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri", - dedi Neymar.

Messi bosh murabbiy bilan kelishgan holda MTJda kichik tanaffus olgan. Braziliya - Argentina termalarining o'rtoqlik uchrashuvi esa 16 oktyabr kuni soat 23:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal