"Napoli" prezidenti Mourinyu haqida: "Uning taqdiri – Italiyadan tashqarida. Va aniq Neapolda emas"

Alisher
27 yanv 2024, 01:46
"Napoli" prezidenti Joze Mourinyu uning klubiga o'tmasligini ma'lum qildi.

61 yoshli portugaliyalik murabbiy "Roma"dan iste'foga chiqarilganidan so'ng "Napoli" bilan muzokara o'tkazishi va Jozening Italiyada qolishni xohlayotgani xabar qilingan edi.

"Mourinyu va "Napoli"da umuman aloqa yo'q. U ajoyib murabbiy, juda yoqimli va shijoatli inson.

Uning taqdiri Italiyadan tashqarida ekanligiga ishonaman. Va aniq Neapolda emas", – dedi Aurelio De Laurentis.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it