"Napoli" Kulibalini "Siti"ga sotgach, to'rt futbolchini olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2020, 20:39
"Napoli" o'z transfer maqsadlarini belgilab oldi.

Agar himoyachi Kalidu Kulibali sotilsa, neapolitanlar "Sassuolo" vingeri Jeremi Boga, "Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos, "Roma" yarim himoyachilari Jordan Veretu va Chengiz Underni sotib olish niyatida, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Oldinroq, "Napoli" Kulibalining transferidan 70 million evro ishlab olishni maqsad qilgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano