MYU yarim himoyachisi qishda jamoani tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 11:48
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazishni istamaganidan so'ng 29 yoshli futbolchining hafsalasi pir bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Errera va MYU o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Ingliz jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchini qo'llab-quvvatlaydi va hamkorlikni davom ettirishni istamoqda.

Errera 2014 yilda "Atletik"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. So'nggi mavsum ispaniyalik futbolchi "qizil iblislar" safida 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro