MYU muxlislari uchun xushxabar! Lukaku maydonga qaytishi mumkin

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2018, 13:48
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Romelu Lukakuning holati haqida gapirib o'tdi.

"Romeluda muammo yo'q, balki u juma kuni o'ynashi ham mumkin. Kislorodli niqob - shifokorlarning qoidalar bo'yicha ehtiyotkorligi. Lekin, Romelu kiyinish xonasida edi va xotirasini ham hech qaerga yo'qotmagan. U "Sautgempton"ga qarshi bahsda nima bo'lganini bilardi.


U hatto "Everton"ga qarshi ham o'ynamoqchi edi. Lekin, biz uni to'xtatdik.

U hatto "Everton"ga qarshi ham o'ynamoqchi edi. Lekin, biz uni to'xtatdik. U shunday dedi: "Men o'zimni ajoyib his qilayapman, men maydonga chiqishim va o'ynashim kerak".
Biz o'yinchini himoya qilishimiz kerak. Shuning uchun ham unga dam berishga qaror qildik. Lekin, u katta ehtimol bilan juma kuni qaytadi", - dedi Mourinyo.

Oldinroq, Belgiya terma jamoasi hujumchisining "Sautgempton"ga qarshi bahs (0:0)da miyasi chayqalgan edi. Romelu jarohatni og'irlashtirib olmaslik uchun kamida 1 hafta dam olishi kerakligini ma'lum qilingan edi.


Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" juma kuni Angliya kubogi doirasida "Derbi Kaunti" bilan bahslashadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com