MYU Arauxoga yiliga 10 mln evro maosh taklif qildi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2022, 23:25
Ingliz klubi futbolchi uchun juda katta maosh to'lashga tayyor.

"Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxoga Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. El Chiringuito kanali jurnalisti Dario Montero buni ma'lum qildi.

Manbaning bildirishicha, MYU futbolchi uchun yiliga 10 mln evro maosh to'lashga tayyor. Bundan avval, himoyachi uchun kurashga "Man Siti" va "Chelsi" qo'shilgani ma'lum bo'lgandi. 

Hozirda Arauxoning "Barselona"dagi yillik maoshi bir million dollarga ham yetib bormaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi esa 2023 yilning yozida o'z yakuniga etadi. "Barselona" ayni damda Arauxo bilan yangi bitim imzolashni jiddiy maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: El Chiringuito