Muxtor Qurbonov: "Futbolda ruhiyat hammasidan ustun" (fotogalereya)

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013, 17:19
Birinchi liganing ikkinchi bosqichi 7-turida "Sherdor" o'z maydonida "NBU-Osiyo" klubini qabul qildi.
Xabaringiz bor 13 sentyabr kuni Samarqandda "Sherdor" va "NBU-Osiyo" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Safarda 2:1  hisobida g'alaba qozongan uchrashuvdan so'ng Muxtor Qurbonov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun har ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. "Sherdor" o'yinida ham sifat a'lo darajada ekan. O'ylashimcha ular bilan bizda bir xil ahvol. Ular ham ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng asta o'ziga kelmoqda. Ikki jamoada ham vaziyat juda o'xshash. Biz ham o'tgan olti turdan beshtasida mag'lub bo'lgan edik. O'tgan turda "Orol" ni mag'lub etgan bo'lsak bugun safarda ham g'alabaga erishdik. Asta sekinlik bilan xatolarimizni tuzatib borayapmiz. Jamoamiz o'z yo'liga tushib oldi deb o'ylayman. Imkoniyatlarimizdan foydalandik va g'alaba qozondik" - deya o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tadi Muxtor Qurbonov

- Jamoaningizni ketma-ket besh mag'lubiyatiga jamoaning moliyaviy imkoniyatlari sabab sifatida ko'rsatish mumkinmi? Negaki ko'pgina Birinchi liga jamoalarida asosan bitta muommo bo'ladi.
- Men unday deb o'ylamagan bo'lar edim. Bizda bunday muommo yo'q. Qarab ko'rsak jamoamiz barcha mag'lub bo'lgan uchrashuvlarda dastlabki 10 daqiqadayoq 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lib qolmoqdamiz. Bunga ruhiy holat juda ham katta ta’sir ko'rsatgan edi. Bu mening aybim va men ularni tayyorlay olmadim. Ikki mag'lubiyatdan so'ng ruhiy holatni tiklay olmadik. Bugungi g'alabadan so'ng o'zlarini ancha tiklab oladi deb o'ylayman. Futbolda ruhiyat hammasidan ustun.

- Jamongizdan o'tgan davradan so'ng Husniddin G'ofurov jamoani tark etgan edi. Ko'pgina muxlislar hali ham jamoada Husniddin G'ofurov bormi degan savollarni bermoqda.
- Bizda ikkita Husniddin G'ofurov bor edi. Ikkisi ham Farg'onaning Oltiariq tumanidan. Shunga qaramay ularning ikkisini ham bir biriga umuman aloqasi yo'q. Aka uka ham emas, qarindosh ham emas. Bittasi 1994 yil, bittasi 1997 yil.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia