Mourinyu: "Menda 2 bor Portugaliyani boshqarish imkoni bo'lgan"

Tolibjon Qosimov
27 mar 2024, 17:57
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu o'z vaqtida ikki bor milliy terma jamoani boshqarishni taklif qilishgani haqida gapirib o'tdi.

"Menga 2 bor Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish uchun eshiklar ochilgan. Birinchisida men "Real" ustozi edim, lekin Florentino Peres menga bu imkonsiz ekanligini aytgan. Ikkinchi martasida men "Roma"da edim, lekin bir necha oydan keyin meni iste'foga chiqarishdi. Shunga qaramay, men afsuslanmayman", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/MailSport