Mourinyu 3 yil oldin shu kuni ishsiz qolgan edi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018, 15:20
Bir necha daqiqa oldin "Manchester Yunayted" rasmiy sayti bosh murabbiyi Joze Mourinyu klubdan ketganini e'lon qildi.

Portugaliyalikning MYUdagi so'nggi o'yini "Liverpul"ga qarshi bo'ldi. "Qizil iblislar" 1:3 hisobida Yurgen Klopp jamoasiga yutqazdi.

Bundan roppa-rosa 3 yil oldin Mourinyu "Chelsi"dan ham haydalgan edi. Biroq iste'fo bu mavsumdagidek 18 dekabrda emas, 17 dekabr kuni sodir bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia