Mourinyo MYUda chempionlik uchun imkoniyat borligiga ishora qildi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 21:13
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo hali jamoasi kurashdan chiqib ketmaganligini aytib o'tdi.

"18 yil oldin, yo'g'e, 18 oy oldin so'nggi sovrinimni yutganimda 10 ochkolik farq bilan ilgarilab ketgandik.

O'shanda dekabr so'nggida va yanvar boshida 10 ochko yo'qotgandik. Keyinchalik yana o'z o'rnimizga qaytib, sovrinni qo'lga kiritgandik. Sen ochko ishlashing, boshqalar esa ochkolardan mahrum bo'lishlari mumkin.

Mavsum davomida shunday holatlar bo'ladiki, barcha senga qarshi bo'ladi. Yoki aksincha, barchasi sening foydangga. Hali kurash yakunlangani yo'q.

APL - qiyin musobaqa. Keling, yaxshisi kuzataylik va nima bo'lishini keyin ko'ramiz. Yakshanba kuni biz qiyin o'yin o'tkazamiz. Ko'ramiz, uch ochkoni qo'lga kirita olarmikinmiz", - deydi Mourinyo.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Goal.com