Mourinyo ikki futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilishini istamoqda

Mirjalol Normatov
16 okt 2018, 21:11
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa rahbariyatidan yarim himoyachilar Xuan Mata va Ander Errera bilan shartnomaning uzaytirilishini istamoqda.

Evening Standart nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis ispaniyalik futbolchilar bilan xayrlashmoqchi emas. Garchi barqarorlikni namoyish qila olmayotgan bo'lsa-da, ularni jamoaga kerakli inson deb hisoblamoqda. Aytilishicha, ular jamoa bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytiradi.

Ularning amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standart