Morgan De Sanktis: "Napoli" mavsumning ilk sensaciyasi sohibi bo'lmoqchi emas"

Tolibjon Qosimov
24 avg 2013, 16:45
"Napoli" posboni Morgan De Sanktis Italiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Bolonya"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– "Bolonya" o'tgan mavsumga qaraganda u qadar o'zgarmadi, – deydi De Sanktis Football Italia nashriga. – Futbolchilar bir-birlarini yaxshi bilishlari ularga ustunlik berishi mumkin. Biz esa endi jamoaga aylanishimiz kerak. "Napoli" qog'ozda kuchli bo'lsa ham barchasi maydonda hal bo'ladi. Ammo biz mavsumdagi ilk sensaciyasi sohibi bo'lmoqchi emasmiz. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru