Moratta: "Inter" Jiru bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo "Chelsi" muzokara o'tkazishni ham xohlamadi"

Alisher
3 fev 2020, 12:17
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru nega jamoaga olib kelinmaganligi haqida gapirdi.

"Biz qishki transferlar oynasidan mamnunmiz. Tarkibni kuchaytirmoqchi edik va buni uddaladik. Yanvardagi transferlar oynasi - lotereya, ammo, biz imkoniyatlarimizdan foydalanish uchun tajribamizdan foydalandik.

Biz Jiruni xarid qilishni xohlagan edik, ammo "Chelsi" hatto muzokaralar o'tkazishni ham xohlamadi", - deydi Marotta.

Eslatib o'tamiz, "Inter" qishki transferlar o'ynasida o'z tarkibiga Eshli Yang, Kristian Eriksen va Viktor Mozeslarni qo'shib oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia