Misr TJ shifokori: “Saloh YCHL finalida jarohat bilan o'ynagandi”

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2022, 08:25
Misr terma jamoasi shifokori Muhammad Abu El Ela “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh “Real”ga qarshi (0:1) YCHL finalida jarohat bilan o'ynaganini oshkor qildi.

“Saloh Angliya kubogi finalida oyoq mushaklaridan jarohat oldi.

Keyin esa u “Vulverxempton”ga qarshi va Chempionlar ligasi finalida o'ynadi. Bularning bari 14 kun ichida yuz berdi.

U mavsum davomida eng ko'p daqiqa o'ynagan futbolchilar ro'yxatida ikkinchi bo'lib turibdi. Statistika shuni aytmoqda.

Biz futbolchilarning tibbiy xulosalarini qabul qilamiz va jo'natib turamiz. “Liverpul” unda muammolar borligi va rentgen qilish kerakligini aytdi”, deydi shifokor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal