"Milan" yana bir hujumchini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 16:16
"Milan"ga "Sautgempton" hujumchisi Manolo Gabbyadini kerak.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "rossoneri"lar "Sevilya"dan Luis Murielni sotib ololmasligi sababli, "farishtalar" hujumchisiga jiddiy e'tibor qaratishadi.

27 yoshli futbolchini sotib olish 12-15 million evroga tushishi mumkin.

Oldinroq moliyaviy feyr-pley muammolari sababli "Milan" qishda futbolchi transfer qila olmasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bu mavsumda Manolo jamoasi tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport