"Milan" Puch bilan qishda shartnoma imzolashi mumkin. Klub tez orada o'yinchining agenti bilan aloqaga chiqadi

Alisher
29 dek 2020, 14:10
"Milan" "Barselona" yarim himoyachisi Riki Puchga qiziqish bildirmoqda.

Italiya klubi hali 21 yoshli xavbekning transferi borasida muzokaralarga kirishmadi, ammo "Milan" sport direktori Frederik Massara ispaniyalik to'g'risida ma'lumotlarga ega.

"Rossonerilar"ning tez orada Puchning agenti bilan aloqaga chiqishi kutilmoqda.

"Milan" "Barselona"da rahbariyat almashishi va prezidentlik saylovlari faqatgina 24 yanvarda bo'lib o'tishi sabab bitimni amalga oshirish oson bo'ladi deb o'ylamayapti.

Futbolchining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, ammo unda bitimni bir yoqlama 2023 yilga qadar uzaytirish imkoniyati mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato.com