"Milan" 9 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasi pley-offida o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2022, 07:27
"Milan" 2013/14 yilgi mavsumdan buyon ilk marotaba Chempionlar ligasi pley-offida qatnashadi.

Stefano Pioli jamoasi E guruhida ikkinchi o'rinni egallab, 1/8 finalga yo'l oldi. 

"Rossoneri" so'nggi marotaba 2014 yilda YCHL pley-off bosqichida qatnashgan va 1/8 finaldayoq "Atletiko"ga mag'lub bo'lgandi. 

O'shandan keyin "Milan" 2021/22 yilgi mavsumgacha YCHLda qatnashmagan. O'tgan yili jamoa guruhda qolib ketgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta