Mexdi Benatia: "Balotellining menga aytganlarini hech kimga aytmayman, havotir olmasin"

Tolibjon Qosimov
14 dek 2013, 15:29
"Roma" markaziy himoyachisi Mexdi Benatia Italiya chempionati 16-tur doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib, Mario Balotelliga qarshi o'ynashdan qo'rqmasligini aytdi.
"Milan"ning bizdan 19 ochko ortda borayotganini ko'rish g'alati. Ha, ular mavsumni yomon boshlashdi. Biroq Chempionlar Ligasida guruhdan chiqib, keyingi bosqichga yo'l olishdi. Shuning uchun ham biz bu jamoaga xurmat bilan qaraymiz. Axir bu - "Milan"-ku. Bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi".

"Balotelli bilan qarama-qarshilikka keladigan bo'lsak, uning menga aytgan gaplaridan iqtibos keltirmoqchi emasman. U hech ham havotir olmasin, uni qurolsizlantirish uchun, o'zining so'zlaridan foydalanmoqchi emasman", dedi himoyachi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru