"Metallurg" tajribali hujumchini tarkibga qo'shib oladi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026, 18:03
Jasur Hakimov faoliyatini Bekobodda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Tajribali hujumchi Jasur Hakimov "Metallurg"ga o'tishi mumkin", – deyiladi xabarda.

31 yoshli futbolchi ko'plab jamoalarda o'ynagan va oxirgi bor "Sho'rtan" sharafini himoya etgandi. U g'uzorliklar tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan edi.

Avvalroq Mo'minjonov boshchilik qiladigan jamoaga "So'g'diyona" yarim himoyachisi o'tayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia