"So'g'diyona" yarim himoyachisi "Metallurg"ga o'tmoqda

Iskandarov Abdulaziz
26 yanv 2026, 09:28
Qayta tashkil qilingan "Metallurg" Pro ligaga jiddiy hozirlik olib borishni maqsad qilgan.

Shu bois bekobodliklar tarkibni shakllantirish ishlarini boshlab yuborgan. Saytimiz jurnalisti Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, "So'g'diyona" yarim himoyachisi Umid Sultonov "Metallurg"ga o'tmoqda. 22 yoshli to'ptepar o'tgan mavsum Superligada 14 ta o'yinda maydonga tushgan. 

Ma'lumot uchun, Ilhom Mo'minjonov jamoasi bugundan Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia