Ilyos Qurbonov: "O'tish bosqichi umuman boshqacha ruhda kechadi"

admin
10 noya 2026, 12:40
Proliga 26-turidan joy olgan "Metallurg" – "Aral" uchrashuvidan so'ng bekobodliklar bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz…

- Avvalo Bekobod muxlislarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ikkita kuchli va o'z oldiga maqsad qo'ygan jamoa kurash olib bordi. Maydonda yaxshi kurash kechdi deb o'ylayman. O'yinni to'liq nazorat qildik va bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik. Negadir oxirgi turlarga kelib jamoamizda oqsash kuzatilyapti: yani vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Albatta, buning ustida ishlaymiz, hali oldinda o'tish o'yinlari bor. O'tish bosqichi umuman boshqacha ruhda kechadi, biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga harakat qilamiz.

- Jamoangiz o'tish o'yinida "FarDU" jamoasiga qarshi bahs olib boradi…

- Bu butunlay boshqacha ruhdagi uchrashuv bo'ladi. Maqsadimiz g'alaba qozonib keyingi bosqixga chiqish. "FarDU" ham yaxshi jamoa, ularning tarkibida ham yaxshi futbolchilar bor. Oson bahs kechmasligi aniq. Biz ham bor kuchni tashlaymiz. Faqat g'alabani ko'zlayapmiz.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia