Messi yaqin kelajakda kimlar Oltin to'p uchun kurashishini ma'lum qildi
Khoja
2 apr 2024, 08:46
Sakkiz karra Oltin to'p sohibi Lionel Messi yaqin yillarda kimlar ushbu sovrin uchun kurashishini ma'lum qildi.
Vinicius, Mbappe va Xoland yaqin yillar davomida Oltin to'p uchun kurash olib boradi. Lamin Yamal hali yosh, biroq u ham tez orada ushbu ro'yxatga qo'shiladi, - dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, aynan Messi amaldagi Oltin to'p sohibi hisoblanadi.