Messi joriy mavsum Chempionlar Ligasi bosh favoritlarini aytdi

Alisher
23 noya 2021, 17:30
PSJ hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum Chempionlar Ligasi favoritlarini aytdi.

"Ko'plab insonlar PSJni Chempionlar Ligasi uchun bosh da'vogar deyishmoqda. Men buni rad etmayman, PSJ qog'ozda bosh da'vogarlardan biri, ammo biz yo'limizning endigina boshidamiz. Biz o'ynashimiz va haqiqiy jamoaga aylanishimiz kerak. Bizning ixtiyorimizda ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dunyoning eng zo'r futbolchilari yig'ilgan.

Chempionlar Ligasini yutish uchun shuningdek "Real", "Manchester Siti", "Bavariya"  va "Atletiko" bosh da'vogar hisoblanadi. Yana ko'plab jamoalar bor", - deydi Messi.

Messi joriy mavsum PSJ libosida 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca