

"Men va jamoadoshlarim har qanday sovrinni qo'lga kirita olishi mumkin bo'lgan jamoaning bir qismi bo'lganimizdan faxrlanamiz. Gvardiola har birimizdan to'g'ri foydalanish uchun kerakli uslub va balansni topa olgan" - deydi Messi.
Gvardiola 2008-2012 yillarda Kataloniya klubini boshqargan va ular bilan Ispaniya chempionati (2008/09, 2009/10, 2010/11), mamlakat Kubogi (2008/09, 2011/12), Chempionlar ligasi (2008/09, 2010/11) va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida (2009, 2011) g'alabaga erishgan.



