Messi Chempionlar Ligasining ikkita tarixiy rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2022, 12:19
PSJ Chempionlar Ligasi 2-turi doirasidagi o'yinda Xayfaning "Makkabi" jamoasini qabul qilib, irodali g'alabaga erishdi.

37-daqiqada Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. Bu gol argentinalik futbolchining Chempionlar Ligasida ikkita rekord o'rnatganini anglatadi.

Birinchidan, "Makkabi" Messi darvozasiga to'p kiritgan 39-jamoaga aylandi. Ronaldu 38 xil raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

Ikkinchidan, Messi Chempionlar Ligasida ketma-ket 18-mavsumda kamida 1 ta gol urdi. Karim Benzemada 17 ta shunday mavsum bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror