

O'yin mart oyida Xitoy shahrida o'tishi kerak edi. Biroq Xanchjou sport byurosining ma'lum qilishicha, "hammaga ma'lum sabablarga ko'ra" o'yin bekor qilindi.
"Tadbirni o'tkazish shartlarini asoslab bo'lmaydi va bahs bekor qilinishi borasida qaror qabul qilindi" - deyiladi WeChatda e'lon qilingan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Messi jarohat sababli Gonkong yulduzlari terma jamoasiga qarshi maydonga tushmagandi. Ushbu voqeadan so'ng ko'plab muxlislar tashkilotchilardan norozi ekanliklarini va chipta pullarini qaytarib berishlarini talab qilgandi.



