Messi Barselonaga keldi, avvalroq Xavi uni qaytarmoqchi ekanligini aytgandi

Оқил Абдубарноев
8 avg 2022, 00:54
PSJ hujumchisi Lionel Messi Barselona shahriga tashrif buyurdi.

Shanba oqshomida "Klermon"ga qarshi muvaffaqiyatli o'yindan so'ng PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yakshanba kuni Barselona shahriga tashrif buyurdi.

Avvalroq "Barselona" bosh murabbiyi Xavi klub prezidentidan Messini qaytarishni so'ragandi. 

Biroq Leo transfer borasida emas, balki parijliklar ustozi tomonidan ilk turdan so'ng bir necha kunlik tatil berilgani sabali Kataloniyadagi uyiga tashrif buyurgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Besoccer