Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Turkiyada yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019, 14:23
Joriy yilning 12-14 iyul kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bo'lib o'tadi.

Hisob bo'yicha 7-Jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi ham ilk bor ishtirok etadi. Bu musobaqaga munosib tayyorgarlik etish maqsadida O'FA va Xalq talimi vazirligi hamkorligida 1 fevraldan terma jamoa a'zolari bo'lgan yoshlar Toshkentda 23-sonli Mehribonlik uyida o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishishgan.

O'FA tomonidan musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun barcha shart sharoitlar yaratib berilmoqda. Fevral oyining oxirgi 10 kunligida yig'in Turkiya davlatida davom ettirishi rejalashtirilgan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia