

Marca nashrining xabar qilishicha, futbolchi yangi mavsum yaqinlashayotganidan xursand. Biroq, ushbu mavsum Parijdagi eng so'nggisi bo'lishiga ishonmoqda.
Mbappe klubdan o'zini sotishlarini so'ramaydi, u shartnomasining oxirigacha klub bilan bo'ladi va 2022 yilda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
U PSJga minnatdorchilik ramzi sifatida 2021/22 yilgi mavsumni yanada muvaffaqiyatli o'tkazishga bel bog'lagan.
O'z navbatida parijliklar futbolchini qo'yib yuborish niyatida emaslar va unga yangi shartnoma taklif qilmoqdalar.
Avvalroq, Mbappega "Real" tomonidan qiziqish borligi ma'lum qilingandi.



