Mbappe, Ramos va PSJning bir necha o'yinchilari mashg'ulotlarda penalti tepishni mashq qilishgan

Administrator
8 mar 2023, 19:34
Futbolchilar bugungi YCHL bahsida penalti tepishga ham tayyorlanmoqdalar.

PSJ klubining bir necha futbolchilari "Bavariya"ga qarshi YCHL o'yinidan oldingi mashg'ulotda penalti tepishni mashq qilishgan. Manbaning ma'lum qilishicha, jamoa aynan penaltilar seriyasiga alohida tayyorlanmayapti. Biroq, jamoaning bir necha o'yinchilari penalti tepishni mashq qilishgan. Ular orasida Kilian Mbappe, Serxio Ramos va yana bir necha o'yinchilar bor. Murabbiylar PSJ darvozabonlariga "Bavariya"dagi penalti tepadigan futbolchilarining qanday usulda zarba berishlari mumkinligiga ham ko'rsatmalar berishgan. 

Ma'lumot uchun, "Bavariya" – PSJ uchrashuvi bugun tungi 01:00 da boshlanadi. Birinchi o'yinda "Bavariya" 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Get French Football News