

Qatar vakillari PSJ hujumchisi 1 aprel kuni Dohada bo'lib o'tadigan marosimning asosiy mehmonlaridan biri bo'lishini istayotgandi.
Qatarliklar Mbappening PSJ va Fransiya futbol federatsiyasi bilan birgalikda tashrif buyurishiga rozi bo'lishdi, biroq Kilian o'z qarorini Fransiya terma jamoasi sardori emasligi bilan izohlab, qur'a tashlash marosimiga kelishdan bosh tortdi. Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris hozirda Fransiya terma jamoasi sardori hisoblanadi.
Bundan tashqari, 23 yoshli hujumchi Liga 1'ning 30-turi doirasida 3 aprelga belgilangan "Loryan"ga qarshi o'yinga imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqchi.
Shu tariqa, marosimda Fransiya nomidan boshqa futbolchi ishtirok etadi.



